Do‘stini taklif qilgan
yopiq kanalga kiradi
O‘z Telegram referal-botingizni 10 daqiqada ishga tushiring. O‘z nomingiz, o‘z matnlaringiz, o‘z kanallaringiz — hammasi siznikida qoladi.
Do‘stlaringizni taklif qilib, yopiq kursga bepul kiring.
t.me/+A1b2C3d4
📊 4/5 — yana 1 ta kerak
📊 5/5 🎉
Shart bajarildi — so‘rovingiz tasdiqlandi. Biologiya PRO guruhiga kirishingiz mumkin.
10 daqiqada ishga tushadi
Dasturlash bilim talab qilinmaydi. Hamma narsa Telegram ichida, qadamma-qadam.
BotFather'da o‘z botingizni yarating
/newbot → nom → username → token. Biz sizga har bir qadamni ko‘rsatib
turamiz.
Tokenni Taklifchi'ga yuboring
Bot avtomatik sozlanadi: webhook, buyruqlar, nomi, tavsifi va panel tugmasi. Tokeningiz shifrlangan holda saqlanadi, xabaringiz esa darhol o‘chiriladi.
Kanallaringizni ulang
Botni ochiq kanalga (odam yig‘iladigan joy) va yopiq kanalga (mukofot) admin qiling. «Tekshirish» tugmasi nima yetishmayotganini aniq aytadi.
Aksiyani yarating va ishga tushiring
«5 ta do‘st taklif qil — yopiq kursga kir». Qolganini bot o‘zi bajaradi: havolalar, hisob, tekshiruv va mukofot.
Jiddiy ishga jiddiy vositalar
Bir necha aksiya bir vaqtda, soxta akkauntlarga qarshi himoya va to‘liq statistika.
Aniq hisob
Har bir odamga shaxsiy havola. Kim kimni olib kelgani Telegram'ning o‘zidan aniq o‘qiladi — chalkashish yo‘q.
Kutish navbati
Shartni bajarmay so‘rov yuborgan odam rad etilmaydi — navbatda qoladi va shart bajarilishi bilan avtomatik qabul qilinadi.
Firibgarlikka qarshi
Ushlab turish vaqti, akkaunt yoshi va tezlik nazorati. Shubhali holatda mukofot avtomatik berilmaydi — moderator ko‘radi.
Barcha matnlar siznikida
Salomlashuvdan tabrikgacha — hammasini o‘zingiz yozasiz. O‘zgaruvchilar, HTML, rasm va tugmalar qo‘llab-quvvatlanadi.
Statistika va reyting
Kunlik dinamika, konversiya, TOP taklifchilar, CSV eksport. Har bir aksiya alohida hisoblanadi.
Moderatorlar
Jamoangizga cheklangan huquq bering: statistika va tasdiqlash — ha, sozlamalar va to‘lov — yo‘q.
Loyihangiz o‘lchamiga qarab
Istalgan paytda o‘zgartirasiz. Obuna tugasa ma’lumot yo‘qolmaydi.
- 3 ta aksiya
- 3 000 foydalanuvchi
- 2 moderator
- Oyiga 4 ta ommaviy xabar
- 15 ta aksiya
- 30 000 foydalanuvchi
- 10 moderator
- To‘liq statistika + CSV
- Oyiga 20 ta ommaviy xabar
- Cheksiz aksiya
- Cheksiz foydalanuvchi
- Cheksiz moderator
- Ustuvor qo‘llab-quvvatlash
Ko‘p so‘raladigan savollar
Bot menikimi yoki sizniki?
Bot butunlay sizniki. Uni siz BotFather'da yaratasiz, tokeni ham sizda qoladi. Taklifchi shunchaki uni ishlatib beradi. Istagan paytda tokenni almashtirib, ulanishni uzishingiz mumkin.
Bot nomi va avatarini o‘zgartira olamanmi?
Nom, tavsif va «about» matnini panel orqali o‘zgartirasiz — Telegram'da darhol
aks etadi. Username va avatarni esa faqat @BotFather orqali sozlash
mumkin (/setuserpic) — bu Telegram'ning cheklovi, biz buni aylanib
o‘ta olmaymiz.
Kanalga allaqachon a’zo bo‘lgan odamlar hisoblanadimi?
Yo‘q. Faqat havola orqali yangi qo‘shilgan a’zolar sanaladi — bu Telegram hodisalari asosida aniq hisoblanadi. Bot bu haqda foydalanuvchini oldindan ogohlantiradi.
Odamlar kirib-chiqib ballni oshira oladimi?
Yo‘q. Bir odam bir aksiyada faqat bir marta hisoblanadi. Qattiq rejimda chiqib ketgan a’zo ball kamaytiradi, ushlab turish vaqti esa «kirib-chiqish» sxemasini butunlay yopadi.
Bir vaqtda bir necha aksiya o‘tkaza olamanmi?
Ha. Har bir aksiya alohida kanal, alohida shart va alohida hisobga ega. Biologiya alohida, kimyo alohida — hisoblar aralashmaydi.
Obuna tugasa nima bo‘ladi?
Bot o‘chirilmaydi — «faqat o‘qish» rejimiga o‘tadi. Foydalanuvchilar hisobini ko‘rishda davom etadi, lekin yangi takliflar sanalmaydi. Ma’lumotlar 60 kun saqlanadi va to‘lovdan keyin hammasi joyida davom etadi.
Ma’lumotlarim boshqa mijozlarga ko‘rinadimi?
Yo‘q. Har bir loyiha ma’lumotlari qat’iy ajratilgan — har bir so‘rov loyiha identifikatori bo‘yicha filtrlanadi. Bot tokenlari shifrlangan holda saqlanadi va loglarga tushmaydi.
Bugun ishga tushiring
7 kun bepul. Karta kerak emas. Yoqmasa — bir tugma bilan to‘xtatasiz.
🚀 @taklifchi_robot